OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Farg‘onada ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi natijasida tizimga 1 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar ketirilgani aniqlandi
  • 13.08.2023
  • 98

Farg‘onada ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi natijasida tizimga 1 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar ketirilgani aniqlandi.

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va “Hududgazta’minot” AJ bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.A. tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

O‘rganish davomida fuqaro T.A. o‘ziga qarashli ohak ishlab chiqarish sexining 1 dona ohak xumdonida 18 ta nostandart gaz yondirgichlar orqali o‘sha hududdan o‘tuvchi yer osti gaz quvuriga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 1 mlrd 54 mln so‘mlikni tashkil qilgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

 

Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8707

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>