Xitoyning shamol turbinalar ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan «Dong Fang Electric» kompaniyasi suzuvchi dengiz platformasida dengiz suvidan dunyodagi ilk yashil vodorodni ishlab chiqardi.
Suzuvchi platforma joyida elektroliz, shuningdek, «energetikani konversiyalashni aqlli boshqarish», aniqlash va xavfsizlikni boshqarish tizimlarini o‘z ichiga olgan. Tizim Sinxua ko‘rfazidagi dengiz shamol stansiyasida 240 soatdan ko‘proq vaqt davomida «barqaror» tarzda vodorod ishlab chiqarishga erishdi.
Manba: https://t.me/clearenergy/2117
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati