Yangiliklar
Yuridik boshqarma: manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi
  • 25.07.2023
  • 322

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi “Raqobat to‘g‘risida” O‘RQ-850-son Qonuni hamda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida” 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ–848-son Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib etish hamda tushuntirish bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati hamda Aksiyadorlik jamiyati magistral elektr tarmoqlari filiallarida manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur hujjatlar bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari to‘plami “O‘zbekiston MET” AJning rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali Aksiyadorlik jamiyati xodimlari hamda keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etildi.

X.Xudayberdiyev, Yuridik boshqarma 2-toifali yuriskonsulti

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>