Yangiliklar
"Hayat Power Cable Systems" korxonasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida uchrashuv tashkil qilindi
  • 12.07.2023
  • 310

✅ Navoiy viloyatida joylashgan "Hayat Power Cable Systems" korxonasi respublikamizdagi yetakchi kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri.

"O'zeltexsanoat" uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi" ma'sul xodimlari tomonidan ushbu korxonada davlat tashkilotlari va mahalliy korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

✅ Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad importni optimallashtirish uchun kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdan iborat bo'ldi. Tadbirda davlat tashkilotlari va bir qator tarmoq korxonalari vakillari ishtirok etdilar.

✅ Tadbir ishtirokchilari "Hayat Power Cable Systems" korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoni, laboratoriya-sinov texnologiyalari, mahsulotlar sifati, turi, kafolati va korxona imkoniyatlarini o'zida aks ettirgan ma'lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Bugungi kunda ushbu korxonada barcha turdagi, xatto respublikada analogi yo'q 110-120-kVt kuchlanishda ishlovchi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati mavjud.

✅ Bundan tashqari, ushbu korxona ISO:9001, ISO:17025 kabi laboratoriya muvofiqligini baholash standartlariga ega. Korxona o'z mahsulotlarini so'nggi vaqtlarda Turkiya, Eron kabi xorijiy davlatlarga, shuningdek, respublikamizda o'z loyihasini amalga oshirayotgan "Mitsubishi" kompaniyasiga ham yetkazib berib kelmoqda.

✅ Korxonada hattoki yaroqlilik muddati tugagan kabel-sim mahsulotlarini qayta ishlab, sifatli mahsulot yaratish jarayonlari ham tashkil etilgan.

✅ Uchrashuv so'ngida korxona mutasaddilari va ishtirokchi davlat tashkilotlari o'zaro muzokara olib borib, yaqin kelajakda hamkorlik aloqalarini kengaytirishni maqsad qilayotganliklarini ta'kidladilar.

 

||  Fb  ||  Tg  ||  Insta  ||  Ytube  ||  Site

Manba: https://t.me/uzeltexsanoat/9724

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>