Yangiliklar
Energetika vaziri va “Masdar” kompaniyasi bosh operatsion direktori oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
  • 11.07.2023
  • 263

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov va Birlashgan Arab Amirligining “Masdar” kompaniyasi bosh operatsion direktori Abdulaziz Alobidli oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda taʼkidlanganidek, joriy yilning 7-10-may kunlari Abu-Dabiga tashrif chogʻida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, “Masdar” kompaniyasining Oʻzbekistondagi investitsiya loyihalarini 10 mlrd dollarga yetkazish boʻyicha birlamchi kelishuvga erishilgan.

Ushbu maqsad roʻyobi uchun joriy yil 17-may kuni YETTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishi doirasida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Masdar” kompaniyasi oʻrtasida 500 MVt quvvatli shamol va umumiy quvvati 2150 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Shuningdek, kompaniya investitsiyalar hajmini 10 milliard dollarga yetkazish maqsadida gidroenergetika sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Uchrashuvda mavjud loyihalarni amalga oshirish doirasida Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 440 MVt va Surxondaryo viloyatida 457 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari, shu bilan birga, Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilishini jadallashtirish lozimligi qayd etildi.

Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boʻyicha oʻtkazilgan tender tanlovida gʻolib chiqqan “Masdar” kompaniyasi endilikda loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirishi lozimligi aytib oʻtildi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/3038

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>