Yangiliklar
Tarmoqlararo energiyani tejash Jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi o‘rtasida 833 000 AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi
  • 11.07.2023
  • 240

Joriy yil 10-iyul kuni Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash Jamg‘armasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida Global ekologik fondning 833 000 AQSH dollari miqdoridagi beg‘araz grant mablag‘larini jalb qilishga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

Tadbirda Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash Jamg‘armasi ijrochi direktori Elzod Raxmanov va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska xonim grant mablag‘larini jalb etish shartnomasini imzolashdi.
 

 


Ushbu grant mablag‘lari yordamida kelajakda Jamg‘armaning hamkor banklari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samarador qurilmalarni xarid qilish uchun ajratilgan “Yashil iste’mol kredit”larining 30 foizgacha qismini so‘ndirish ko‘zda tutilgan.

Grant mablag‘lari mamlakatimizda energiya resurlarga oshib borayotgan talabni qisman qondirish va atrof-muhitga zararli gazlarning chiqarilishini kamaytirish borasidagi yumushlarni muvaffaqiyatli hal etishda qo‘l keladi.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilishni xotin-qizlar o‘rtasida yanada qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglikni ta’minlash maqsadida grant mablag‘lari hisobidan ayollarga ajratilgan “Yashil iste’mol kredit”ning 37,5 foizgacha qismi qoplab berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/3036

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>