«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi! Bo‘sh ish o‘rni: Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limi boshlig‘i.
TALABLAR:
• Maʼlumoti: iqtisodiyot sohasida oliy maʼlumot;
• Ish tajribasi: iqtisodiyot sohasida kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi;
• Ish staji: Kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi;
• Tillarni bilishi: davlat tili va rus tili (ingliz tilini bilishi ustunlik beradi) mukammal bilishi zarur.
Qo‘shimcha talablar: Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida mustaqil tuzishi, kamida 3 yillik moliyaviy hisobotlarni Xalqaro audit tekshiruvidan o‘tkazgan va ijobiy xulosa olishda ishtirok etgan bo‘lishi, Coorporate Finance institute iqtisodchi va hisobchi sertifikatlari, IPFM sertifikatlari bo‘lishi shart.
⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari»rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
⇒ Onlayn rezyume: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
❇ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz info@uzbekistonmet.uz
YARATILGAN SHAROITLAR:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati