Yangiliklar
“Do‘stlar klubi”: «O‘zbekiston MET» AJ xodimlari “Saodat” jurnali tahririyatiga tashrif buyurishdi
  • 27.06.2023
  • 262

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Yodingizda bo‘lsa yurtimiz xotin-qizlarning sevimli nashri bo‘lgan “Saodat” jurnali hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida “Do‘stlar klubi” tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Mana, qariyb ikki yildirki, Aksiyadorlik jamiyati “Saodat” jurnali tahririyati bilan hamkorlikda mamlakatimizda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish, qolaversa, xotin-qizlar hayoti, ularning turli sohalardagi mehnat faoliyati yoritish, erishgan yutuqlarini e'tirof etishni maqsad qilgan.

Bugun, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyatidan vakillar “Saodat” jurnali tahririyatiga tashrif buyurishdi va tahririyat xodimlarini qo‘shaloq bayram bilan qutlashdi.

⚡️ Uchrashuvda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari, Boshqaruv raisi maslahatchilari, Birlashgan kasaba uyushmasi hamda Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti vakillari ishtirok etib, tahririyat xodimlarining ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>