Yangiliklar
«Yosh energetiklar, birlashaylik!» shiori ostida sport tadbirlari o‘tkazildi
  • 26.06.2023
  • 268

«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini bajarish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tizimida yoshlar ishtirokidagi turli tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Misol uchun, «Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushmasi hamda Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari tomondan ishchi-xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi.

Energetiklar sportning shashka, shaxmat, mini futbol turlari musobaqalarida 1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bahs olib borishdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

⚡️Eslatib o‘tamiz, «Yosh energetiklar, birlashaylik!» shiori ostidagi sport tadbirlari mamlakatimizda 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etildi.

✍️ Farhod Sobirov, “Navoiy MET” filiali yoshlari yetakchisi

‖  FacebookInstagram ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>