Yangiliklar
Tezkor xabar: 500 kV kuchlanishli L–550 tarmog‘ini ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun texnik-muhandislik amaliyotlarining birinchi ish kuni yakunlandi
  • 21.06.2023
  • 317

Maʼlumot o‘rnida: Bugun, 2023-yil 21-iyun kuni, tonggi soat 4:00 dan 11:00 ga qadar «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali hamda boshqa turdosh qurilish-montaj tashkiloti mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) Sirdaryo viloyati mutaxassislari hamda boshqa masʼul tashkilot vakillari ishtirokida, “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan quvvati 1 500 MVt bo‘lgan yangi IESning birinchi energiya bloki ishga tushirilishi munosabati bilan, 500 kV kuchlanishli L–550 tarmog‘ini ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun texnik-muhandislik amaliyotlarining birinchi ish kunini yakunladi.

Ayni paytda tarmoqdan vaqtincha uzilgan isteʼmolchilarga kuchlanish berish ishlari olib borilmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>