Avval xabar berganimizdek, 2022-yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida iqtisodiy tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida taʼminlash maqsadida, «O‘ztexsanoat» uyushmasi binosida o‘tkazilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘rgazmasi erishilgan kelishuvlarga binoan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Solar Nature korxonasi bilan 28 ta obyektga 500 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatish bo‘yicha umumiy qiymati 5,0 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolangan edi.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2598
Ayni patda umumiy quvvati 590 kVt bo‘lgan kichik fotoelektr stansiyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati energetika obyektlari hamda maʼmuriy binolari tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari ichki ehtiyojni taʼminlash bilan birga tuman elektr taʼminot korxonasi tarmog‘iga ham elektr energiyasini uzatmoqda (sotmoqda).
Misol uchun, «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali maʼmuriy binosiga 30 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lsa, Filial tarkibidagi 500 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasiga 30 kVt, 220 kV kuchlanishli «Bobur» podstansiyasiga 10 kVt quvvatga ega muqobil energiya manbasi o‘rnatilgan.
Xuddi shunday, «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali maʼmuriy binosiga 50 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, Filial tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasiga 20 kVt, shuningdek, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali avtoturargoh binosiga 20 kVt quvvatli, Filial tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Chirchiq» podstansiyasiga 30 kVt, «Nurli zamin» mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan targ‘ibot-tashviqot maskani sifatida foydalaniladigan fotoelektr stansiyasida 40 kVt quyosh panellari o‘rnatilgan.
Shu tariqa, «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali maʼmuriy binosiga 30 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, Filial tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasiga ham 30 kVt quvvatga ega «yashil energiya» manbasi o‘rnatilgan.
Ro‘yxatni quyidagicha davom ettiramiz: «Buxoro MET» filialiga 30 kVt, «Jizzax MET» filialiga 10 kVt, «Namangan MET» filialiga 20 kVt, «Navoiy MET» filialiga 20 kVt, «Samarqand MET» filialiga 30 kVt, «Surxondaryo MET» filialiga 30 kVt, «Sirdaryo MET» filialiga 20 kVt, «Farg‘ona MET» filialiga 40 kVt, «Xorazm MET» filialiga 30 kVt, «Qoraqalpog‘iston MET» filialiga 20 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, Aksiyadorlik jamiyatining markaziy apparatida esa 50 kVt quvvatli kichik fotoelektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunga qadar o‘z isteʼmolimizdan ortgan 129,2 ming kVt•soat elektr energiyasi tuman elektr tarmoqlariga uzatilgan (sotilgan).
Shu o‘rinda bir jihatni alohida taʼkilash lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati energetika obyektlari hamda maʼmuriy binolarida 12 ta, umumiy sig‘imi 1800 litr bo‘lgan quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatilgan bo‘lib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi energetiklar beminnat issiq suv manbaidan ham samarali foydalanishmoqda.
Mutaxassislar yuqorida sanab o‘tilgan quyosh panellari bir yil davomida Aksiyadorlik jamiyatning elektr energiya isteʼmolini 1 080,0 ming kVt•soatga tejashga imkon berishini taxmin qilishgan edi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich birmuncha oshdi va Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi bino-inshootlarda o‘rnatilgan kichik quyosh elektr stansiyalari umumiy hisobda xo‘jalik ehtiyoji uchun sarflanayotgan elektr energiyasi sarfini qariyb 35–40 % ga qisqartirib, kunning maʼlum bir paytida elektr energetika umumtarmog‘iga ham elektr energiyasi sotishga muvaffaq bo‘lmoqda.
Ayni paytda mutaxassislar maxsus sayt sahifalari orqali quyosh panellari ish faoliyatini onlayn kuzatish, zaruriyat tug‘ilganda «yashil energiya» manbasiga turli servis xizmatlarini ko‘rsatish orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishlari mumkin. Qiziq tomoni shundaki, quyosh panellari ish faoliyatini monitoring etish elektron dasturida energetiklar bir kunda, shartli ravishda, qancha daraxt novdasi o‘tqazgani, yoki qancha ko‘mir tejalgani, yoki qancha uglerod oksid gazlari paydo bo‘lishining oldi olingani to‘g‘risidagi taqribiy raqamlarni monitoring qilib borish imkoniyati mavjud.
Maʼlumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xodimlarining yashash joylarida namuna tariqasida o‘rnatish grafigiga asosan 20 nafar xodimlar xonadonida quvvati 73,5 kVt bo‘lgan quyosh paneli va quyosh suv istitish qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha shartnomlar imzolangan. 2022–2026-yillar davomida bosqichma-bosqich xo‘jalik isteʼmolini to‘liq qayta tiklanuvchi energiya manbalariga, yaʼni «yashil energiya»ga o‘tish ko‘zda tutilgan.
Magistral elektr tarmoqlari filiallarining maʼmuriy binolari tomiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2598
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/13379
«Samarqand MET» filialining maʼmuriy binosiga 30 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilmoqda https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2801
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/14451
«Farg‘ona MET» filialining maʼmuriy binosiga 40 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3098
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/15702
«Namangan MET» filialining maʼmuriy binosiga 20 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilmoqda https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3114
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/15745
«Тoshkent shahar MET» filiali: kichik fotoelektr stansiyasi va suv isitish qurilmalari o‘rnatilmoqda https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3280
Andijon magistral elektr tarmoqlari filiali binosiga 30 kVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3096
KICHIK QUYOSH ELEKTR STANSIYASI: "YASHIL ENERGIYA" TARG'IBOTI, O'QUV-SINOV MAYDONI, KOREYA ENERGETIKA AGENTLIGINING BEMINNAT TUHFASI
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/786
Qiziqarli maʼlumot: Quyosh tizimlarining ikkita asosiy turi mavjud: On-Grid va Of-Grid
Xo‘sh, ularning farqi nimada?
On-Grid — invertor yordamida alternativ elektr energiyasi manbai umumiy elektr taʼminoti tarmog‘iga ulangan va parallel ravishda ishlaydigan tizim. Bunday tizimli elektr uskunalari zaxira quvvatiga ega tizimga nisbatan arzonroq, chunki u faqat quyosh panellari va tarmoq inverteri jihozlarini o‘z ichiga oladi.
Of-Grid — muqobil elektr energiyasi manbai tashqi shahar tarmog‘iga ega bo‘lmagan tizim. Quyosh panellari fotovoltaik modullardan, zaryad boshqaruvchisidan, batareyalar to‘plamidan va invertordan iborat. Zaryad boshqaruvchisi va invertor orqali quyosh panellari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Quyoshli kunlarda isteʼmolni taʼminlash uchun kerak bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqariladi va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr quvvati batareyalarda to‘planadi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati