Yangiliklar
Ashxobod shahridagi xalqaro seminarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda
  • 14.06.2023
  • 333

Ayni daqiqalarda Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining energetika sohasida hamkorlik va boshqaruv bo‘yicha mintaqaviy seminarida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.

Xalqaro seminarning bu galgi mavzusi «Afg‘oniston inqirozi sharoitida Markaziy Osiyodagi tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish: istiqboldagi rejalar hamda yechimini kutayotgan masalalar yo‘l xaritasining muhim unsurlari» deb nomlangan.

Seminarning tematik muhokamalarida noqulay (ekstremal) ob-havo sharoiti va iqlim o‘zgarishida tabiiy resurslarning tanqisligi,  Markaziy Osiyoning chegaradosh hududlaridagi ijtimoiy taraqqiyot masalalari, energiya hamda suv tanqisligi muammolari, tabiiy resurslarni boshqarishda jamoatchilikning roli, davlatlararo hamkorlik, suv resurslari oqimining sanitar meʼyorlari, ob-havo, iqlim, suv, tabiiy ofatlar xavfining Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-maʼrifiy, savdo-iqtisodiy aloqalariga taʼsiri, muammolarga mahalliy va xalqaro yechimlar kabi masalalar o‘rganilmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>