Birinchi yirik turbinaning quvvati 4,7 MVtni tashkil qiladi. Qurilish Navoiy viloyatining Tamdin tumanida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasining qurilishi doirasida amalga oshirilmoqda.
Yangi shamol turbinasining balandligi 97 metrni, har bir parrakning uzunligi esa 77 metrni tashkil qiladi. Loyiha doirasida yana 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi. Shamol elektr stansiyasining ilk quvvatlari joriy yil oxirigacha ishga tushiriladi.
Manba: https://t.me/clearenergy/2020
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati