Yangiliklar
Kuchli shamol va yomg‘ir tufayli Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
  • 12.06.2023
  • 127

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sodir bo‘layotgan kuchli shamol hamda yomg‘ir natijasida soat 18:35 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
 
Buning natijasida Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarining;

Farg‘ona viloyatining So‘x, Furqat, Buvayda,  Uchko‘prik va Quvasoy tumanlarining ayrim hudularida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste‘molchilardan uzr so‘raymiz.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8138

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>