Yangiliklar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Energetika vazirligi hamkorligida muhandislik maktablarini tashkil etish bo‘yicha seminar tashkil etildi
  • 02.06.2023
  • 260

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi hamda Energetika vazirligi hamkorligida “Muhandislik maktablari — sanoat tarmoqlari uchun yangi zamon injenerlarini tayyorlashning muhim bo‘g‘ini” mavzusida seminar tashkil etildi.
 

 


Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da kimyo sanoati, energetika, elektr texnikasi va transport sohalarida muhandislar maktabini tashkil tish bo‘yicha belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
 

 

 

 


Seminarda Qonunchilik palatasi deputatlari, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zkimyosanoat” AJ, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa sanoat tarmoqlari vakillari ishtirok etishdi.
 

 


Seminar yakunida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muhandislar maktabini tashkil etish borasida xorijiy tajribalarni chuqur o‘rgangan holda takliflar ishlab chiqish bo‘yicha, shuningdek, sohalarni rivojlantirishga qaratilgan boshqa tavsiyalar berildi.
 

 

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2871

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>