Yangiliklar
«Namangan MET» filiali: yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarda joriy ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 18.06.2020
  • 954

   2020-yil yoz va kuz-qish mavsumida Namangan viloyat aholisi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini sifatli va ishonchli elektr energiyasi  bilan ta'minlash maqsadida «Namangan MET» filiali ishchi-xodimlari quyidagi ishlarni amalga oshirmoqdalar:

   1. 2020-yil joriydan ta'mirlash ish rejasiga kiritilgan, asosiy obyektlarni tashqi elektr ta'minoti mustahkamligini oshiruvchi muhim bo‘lgan «Orzu» va «Obihayot» podstansiyalarini bog‘lovchi 220 kVli «L-Obihayot» havo tarmog‘ining 19 kilometr uzunlikdagi qismi, ya’ni 1–65-raqamli tayanch ustunlari oralig‘i hamda «Angren IES» va 220/110/10 kV «Obihayot» podstansiyalarini bog‘lovchi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 220 kVli «L-25-O» havo tarmog‘ining 20,1 kilometr uzunlikdagi qismi, ya’ni 165–225-tayanchlar oralig‘i tubdan ta'mirlandi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, filial tomonidan amalga oshirilgan ishlar 2020-yillik rejaga kiritilgan joriy ta'mir amaliyoti 100% ga bajarildi, degani.

 

   2. «Namangan MET» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kVli «Sardor» podstansiyasida 2020-yil tubdan ta'mirlash rejasiga kiritilgan 110 kV li yacheyka Koson-1 va Koson-2lardagi «VVN-110» rusumli havoli o‘chirgichlar to‘liq tubdan ta'mirlanib, ishga qo‘yildi. Ushbu podstansiya bo‘yicha 2020-yil yillik ish rejasi ham to‘liq bajarildi.

   3. Filiali tasarrufidagi 220/110/10 kVli «Obi-xayot» podstansiyasida 2020-yil tubdan ta'mirlash rejasiga kiritilgan 110 kV li yacheyka Olmossoy-1 va Olmossoy-2  hamda 110 kV li  yacheyka G‘urumsaroyning «VVSh-110» rusumli havoli o‘chirgichlari to‘liq tubdan ta'mirlanib ishga qo‘yildi.

   4. «O‘zbekiston MET» AJ ning 2020-yil 28-maydagi XB-103-sonli  ko‘rsatmasi, ya'ni yoz mavsumida elektr qurilmalarning mustahkam va ishonchli ishlashini ta'minlash bo‘yicha «Namangan MET» filiali tasarrufidagi podstansiyalarda mavjud avtotransformatorlarining sovitish tizimlari qayta nazoratdan o‘tkazildi. Ayni paytda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shu bilan birga, podstansiyalardagi havoli o‘chirgichlarni havo bilan ta'minlab beruvchi kompressorlari ham ta'mirlanmoqda.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>