Yangiliklar
O‘zbekiston ko‘rgazmalar majmuasida Energetika forumi o‘z ishini boshladi
  • 18.05.2023
  • 305

Avval xabar berganimizdek, Energetika vazirligi tashabbusi bilan 2023-yil 18–20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston II xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi; “Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Pover Uzbekistan 2023” 16-xalqaro ko‘rgazmasi; “Yashil energetika texnologiyalari – GETSA 2023” ixtisoslashtirilgan bo‘limi hamda 3-Xalqaro O‘zbekiston Energetika anjumani bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

⚡️ "Pover Uzbekistan 2023” 16-xalqaro ko‘rgazmasida energetika sohasining deyarli barcha tarmoqlariga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar o‘z mahsulot turlari va xizmat ko‘rsatish taklflari bilan ishtirok etishmoqda. Ko‘rgazma pavilonlarida mahalliy sanoat korxonalardan so‘ng Rossiya va Xitoy energetika sohasi tashkilotlari ishtirokining salmog‘i yuqori.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>