Yangiliklar
Tojikiston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga elektr energiyasi mavsumiy importi to‘g‘risida maʼlumotnoma
  • 12.05.2023
  • 440

Respublikada energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va jihozlarni sifatli tayyorlash maqsadida, 2018 yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasini import qilish ishlari qayta yo‘lga qo‘yilgan.

2018-yil aprel-sentabr oylarida 1 480,9 mln. kVt•soat hajmda;

2019-yil aprel-oktabr oylarida 1 425,1 mln. kVt•soat hajmda;

2020-yil may-sentabr oylarida 566,7 mln.kVt•soat hajmda.

“Barki Tochik” OAXKning  2020-yil 13-iyuldagi 11/4344-5561-sonli xatiga asosan Vaxsh daryosining suvi 50 foizga kamayganligi va buning natijasida Nurek gidroelektr stansiyasi suv omborida suv sathining 2019-yilga nisbatan 10 metrga pasayganligi sababli 2020-yil 16-iyuldan boshlab O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish qisman to‘xtatilgan edi.

Shundan so‘ng,

2021-yil may-sentyabr oylarida 1 143,6 mln. kVt•soat hajmda;

2022-yil aprel-sentabr oylarida 823,2 mln. kVt•soat hajmda elektr energiyasi import qilindi.

 

Joriy yil 12-mayda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Barki Tochik” OAJ o‘rtasida 2023 yil may-sentyabr oylarida jami 1 285,0 mln. kVt•soat hajmda elektr energiyasini import qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

 

Elektr energiyasi eskporti va importi bo‘limi

https://t.me/minenergy_uz/7896

https://qalampir.uz/

https://yuz.uz/

https://darakchi.uz/

https://kun.uz/uz/

https://oz.sputniknews.uz/

https://uznews.uz/

http://zakovat.uz/story/

https://www.gazeta.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>