Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati yuristlari III Xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda
  • 17.05.2023
  • 294

Joriy yilning 17–18-may kunlari mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent law spring” (“Toshkent huquq bahori”) III Xalqaro yuridik forumi ishtirokchilari orasida “O‘zbekiston MET” AJ yuridik xizmat xodimlarini ham uchratish mumkin.

⚡️ Tashkilot va idora yuristlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur forumda Aksiyadorlik jamiyati Yuridik boshqarmasi boshlig‘i  Sherzod Ахмedov, Yuridik boshqarma bosh yuriskonsulti Sanjarbek G‘ulomov, shuningdek, “Samarqand MET” filiali yuriskonsulti Ulug‘bek Yuldoshev hamda “Surxondaryo MET” filiali yuriskonsulti Komiljon Xomedovlar ishtirok etmoqdalar.

Huquqshunoslarning bilim-malakasi oshishi energetika sohasida olib borilayotgan o‘nlab loyihalar ish samaradorligiga o’zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi, degan umiddamiz.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>