Yangiliklar
ACWA Power kompaniyasi hamda "O‘zbekiston MET" AJ o‘rtasida birinchi vodorodli o‘g‘it loyihasi doirasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasi imzolandi
  • 17.05.2023
  • 279

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2023-yil 16-may kuni yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahridagi yillik yig‘ilishida energetika loyihasini amalga oshirish uchun kredit ajratilishi to‘g‘risidagi hujjat imzolangan edi.

⚡️ Xalqaro tadbirlarning bugungi ishida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov ishtirokida yana bir hujjat imzolandi — ACWA Power kompaniyasi hamda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ o‘rtasida birinchi vodorodli o‘g‘it loyihasi doirasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublika Energetika vazirligidan mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>