Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Samarqand shahridagi podstansiyalar navbatchilari ishini nazorat ko‘rigidan o‘tkazmoqda
  • 16.05.2023
  • 320

Avval xabar  berganimizdek, bugun, 2023-yil 16-may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Barqarorlikka sarmoya kiritish” nomli yillik yig‘ilish va biznes forumi doirasida yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) energetika loyihasini amalga oshirish uchun kredit ajratilishi to‘g‘risidagi hujjat imzolangan edi.

⚡️ Xalqaro tadbirlarning bugungi ishi yakunidan so‘ng “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali ish faoliyati bilan tanishishni boshladi.

Shuningdek, xizmat safari davomida Dadajon Aynaqulovich 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli "Cho‘pon-ota" podstansiyasi faoliyatini nazorat ko‘rigidan o‘tkazdi. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi podstansiyada navbatchilikda turgan mutaxasislar bilan suhbatlashib, mas'ullarga tegishli tavsiyalarini berdi.

 

Veb-sahifaFacebookInstagramYoutube

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>