OAV va jamoatchilik bilan ishlash
kun.uz: Buxoroda 2 ta yirik shamol elektr stansiyasi quriladi
  • 28.04.2023
  • 254

Mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan 158 ta shamol turbinalari o‘rnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Foto: yuz.uz

Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Peshku tumanlarida 2 ta yirik shamol elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirish doirasida Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 174 million AQSh dollari miqdorida zayom bitimlari imzolandi.

Mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan 158 ta shamol turbinalari o‘rnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu stansiyalar ishga tushirilgandan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik shamol energiyasi loyihasiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, 2 ta shamol elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida yiliga 1, 1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga va atmosferaga 1 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinishiga erishiladi.

Mazkur elektr stansiyalar 2024 yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Manba: https://kun.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>