Yangiliklar
Mardlik va jasorat — hamisha barhayot
  • 09.05.2023
  • 295

✨ 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Toshkent  shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali barcha urush va mehnat faxriylarini tabriklaydi.

Xotira va qadrlash kuni tom ma'noda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ong-u shuurida o‘tganlarni yod etish, hayotni, tinchlikni qadrlash, o‘zaro mehr oqibatli bo‘lishdek insoniy fazilatlarni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

Ikkinchi jahon urishida qahramonlik ko‘rsatgan faxriylarimizning yurtimiz tinchligi uchun chekkan zahmati —biz uchun haqiqiy jasorat va faxriy timsoli.

⚡ Qadrli hamkasbalar! Sizlarni  9-may – "Xotira va qadrlash kuni", Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 78 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz. Barchangizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, xonadonlaringizga fayz-barokat, tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilaymiz!

 

 

✍️  "Toshkent  shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali jamoasi

https://t.me/toshkentshaharMET


Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>