Yangiliklar
Mutaxassislar 500 kVli “Sug‘d” podstansiyasi faoliyati bilan tanishdilar
  • 06.05.2023
  • 264

Avval xabar berganimizdek, ”O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi hamda mutaxassislari Tojikiston energetika sohasida olib borilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdilar.

Misol uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi 500/220/35 kV kuchlanishli “Sug‘d” podstansiyasida bo‘lib, ushbu energetika obyektiga o‘rnatilgan elektr qurilma va uskunalari, podstansiyaga kiruvchi va chiquvchi hamda O‘zbekiston elektr energetika tizimi bilan bog‘lovchi elektr uzatish tarmoqlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

Maʼlumot o‘rnida: “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov “Energiya” MDM rahbari X.A.Shamsiyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Usmonali Usmonzoda bilan uchrashib, Tojikiston energetika tizimining Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi bilan parallel ishlashi bo‘yicha tegishli kelishuvga erishib, ish rejasida nazarda tutilgan vazifalar muddatiga aniqlik kiritishdi.

Axborot xizmati

>