Yangiliklar
Diqqat, e'lon! Qurilish-montaj ishlari davomida Qashqadaryo viloyatining ayrim tarmoqlarida qisqa muddatli o‘chishlar kuzatilishi mumkin
  • 04.05.2023
  • 275

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” hamda 220 kVli “Muborak” podstansiyalarida modernizatsiya ishlari olib borilayotganligi sababli, 2023-yil 05-may kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar —  kunning yorug‘ qismida (3 soat) Qarshi shahri va Muborak tumanining ayrim hududlarida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kunning yorug‘ qismida, ya'ni iste'mol hajmi sezilarli darajada kamayganda, texnik nomi V-L-Janubiy-1-35 kV bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘ining yuklamasi V-L-Janubiy-2-35 kVga  o‘tkazilib, V-L-Janubiy-1-35 kV ma'lum muddatga (3 soat) ta'mirga chiqariladi.

Xuddi shu kabi belgilangan muddatda V-L-Qorovulbozor-35kV liniyasi ham ma'lum muddatga (3 soat) ta'mirga chiqariladi.

⚡️ Keltirilgan noqulaylik uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

Axborot xizmati


 

>