Yangiliklar
500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolari g‘olibi bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 02.05.2023
  • 310

Bugun, 2023-yil 2-mayida “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati “Xian Electric Engineering Co., Ltd” (XXR) kompaniyasi bosh direktori Li Zhifu boshchiligidagi delegratsiyani qabul qildi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur kompaniya Toshkent viloyatida 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolari natijalariga asosan g‘olib deb topilgan va u bilan 2022-yilning 23-dekabrida qiymati 14,68 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan shartnoma imzolangan.

Uchrashuv davomida tomonlar energetika sohasida orttirilgan tajriba va hamkorlikka oid masalalarni muhokama etishdi. Istiqboldagi rejalar tahlil etildi.

 

Veb-sahifaFacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>