Bo'sh ish o'rinlari
BO‘SH ISH O‘RNI: RELE HIMOYASI VA AVTOMATIKA BO`LIMI MUTAHASSISI LAVOZIMI
  • 02.05.2023
  • 433

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!  Bo‘sh ish o‘rni: Rele himoyasi va avtomatika bo`limi mutahassisi lavozimi.

 

TALABLAR:

♦  Maʼlumoti: oliy maʼlumotli;

♦  Ish tajribasi: Energetika tizimida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi, muhandis-RHA va AQA qurilmalarini ekspluatatsiya qilish yetakchi muhandisi lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi kerak;

♦  Ish staji: Energetika tizimida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;

♦  Tillarni bilishi: davlat tili va rus tili mukammal, ingliz tili qisman bilishi zarur;

♦  Qo‘shimcha talablar:  “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ni, “Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ni, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik  ekspluatatsiya qilish qoidalari”ni, “Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni  tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni  bilishi lozim.

♦  “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ga asosan IV guruhga ega bo‘lishi kerak.

♦  6–500 kV kuchlanishli elektr uskunalarining RHA va AQA qurilmalarida amaliy ish tajribasiga ega bo`lish, ushbu qurilmalarda mustaqil ishlay olish, yaʼni bajariladigan joriy va mukammal taʼmirlash ishlarini rejalashtirish, qabul qilish va boshqarish, podstansiyadagi RHA va AQA qurilmalarining ishlash prinsipini va konstruktiv qismini bilish va ekspluatatsiyada qo‘llay olishi lozim;

♦  Yangi ishga tushirilayotgan energetika tizim obyektlarining ishchi loyihalarini RHA va AQA qismi bilan mustaqil ishlay olish.

♦  6–500 kV kuchlanishli elektr uskunalarining RHA va AQA qurilmalarida ekspluatatsiya ishlarini nazorat qilish, bajariladigan joriy va mukammal taʼmir ishlarini hajmini aniqlash, bilish va tajribada qo‘llay olishi kerak.

♦  Kompyuter savodxonligi (mukammal):  Microsoft office (Excel, Word, Power Point) dasturlarida ishlashni mukammal bilish lozim.

 

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

⇒ Onlayn rezyume: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

 

❇ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

 

Elektron pochta:  kadr_nes@uzbekistonmet.uz   info@uzbekistonmet.uz

 

YARATILGAN SHAROITLAR:

♦  O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

♦  Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

♦  Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

 

QO‘SHIMCHA MA’LUMOT: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>