Yangiliklar
Online: II Toshkent Xalqaro investitsiya forumida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirok etishmoqda
  • 27.04.2023
  • 255

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2023-yil 27-aprel kuni poytaxtimizda II Toshkent Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov va Aksiyadorlik jamiyatining boshqa mas'ul xodimlari ishtirok etishmoqda.

⇒ Ma'lumot o‘rnida: Congress Hall Tashkent Cityda II-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) 2 kun davomida, ya'ni 27–28-aprel kunlari o‘z ishini davom ettiradi. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq qizg‘in bahs-munozaralari, panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda o‘tkazilgan va xalqaro e'tirofga sazovor bo‘lgan I Toshkent xalqaro investitsiya forumida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan imzolangan investitsiya kelishuvlari haqida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston–24» kanalining «Yangiliklar 24» dasturi orqali lavha uzatilgan edi.

▶️ Bu haqda batafsil

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>