500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida 1999-yilda ishga tushirilgan va quvvati 3x167 MVA bo‘lgan AT-2 avtotransformatorida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
⇒ Ma’lumot o‘rnida: mazkur amaliyot Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan 15 kalendar kuniga berilgan ruxsatnoma muddati ichida tugallashi rejalashtirilgan.
▶️ Batafsil
Shuningdek, “GES–2” stansiyasi bilan 500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasini bog‘lab turuvchi L-2-T havo tarmog‘ining 70-tayanch ustunidagi A hamda V fazalari eski izolyatorlari zamonaviy izolyatorga almashtirilmoqda.
✍️ O‘tkir Ahmedov, "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali bosh muhandisi
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati