Yangiliklar
Huquqiy savodxonlik bo‘yicha ma’naviyat soati tadbirlari o‘tkazildi
  • 25.04.2023
  • 300

Konstitutsiyaviy islohotlarning bosh maqsadi — inson qadri, xalq manfaatini himoya qiluvchi qomusimizning mukammal bo‘lishini taʼminlashdan iborat. Ko‘pchiligimizning bir odatimiz bor: qachonki, erkinligimiz, haq-huquqlarimiz, orzu-xavaslarimiz turli sabab-bahonalar bilan poymol qilinsa, qayerdan najot kutishni bilmay qolamiz. Ayrim yurtdoshlarimizning bunday tushkun kayfiyatga tushib qolishiga gohida inson haq-huquqlari, sha’ni, qadr-qimmatiga daxldor qonunlariga qat’iy rioya qilinmayotganida namoyon bo‘ladi.

Yaqinda “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida kasaba uyushma qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Konstitutsiya meniki, seniki va bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” mavzusida yangilanayotgan Bosh qomusimiz loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’naviyat soati Filialning bosh binosi hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi ishchi-xodimlar ishtirokida o‘tkazildi.

Filialning yetakchi huquqshunosi Ahmad Ismailov qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, normalar esa 275 tadan 434 taga ko‘payganiga, Konstitutsiya qariyb 65 foizga yangilanganiga, amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritganiga e’tibor qaratdi. Ushbu o‘zgartirishlarning aksariyati mazmun-mohiyatiga ko‘ra, “Inson–jamiyat–davlat”, “Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” degan tamoyillarga asoslanganini tushuntirib o‘tdi.

Ma’naviyat soatida so‘z olgan ma’ruzachi tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga, Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan o‘rin olgan ko‘plab yangi modda va normalarga batafsil izoh va tushuntirishlar berib o‘tdi.

Tadbir tashkilotchilari ishchi-xodimlarni 2023-yilning 30-aprel kunida bo‘lib o‘tayotgan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

✍️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>