Yangiliklar
Ramazon Hayiti arafasida xayriya tadbiri o‘tkazildi
  • 19.04.2023
  • 428

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda yoshlar siyosati borasida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Aksiyadorlik jamiyatning 2023-yilga mo‘ljallangan “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi”ga muvofiq  joriy yil 18-aprel kuni Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli mehribonlik uyida “Biz sen bilan, aziz bolajon!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy va xayriya tadbiri o‘tkazildi.

 

⚡️Tadbirni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Feruz Qurbonov ochib berdi. Tadbirda 15-sonli Bolalar musiqa va san‘at maktabi a’zolari hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining yoshlari tomonidan badiiy sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
 
Tadbir davomida bolajonlar uchun esdalik sovg‘alari tarqatildi.

✍️ Azizbek Botirov, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi

Axborot xizmati

>