Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ matbuot kotibi maxsus sertifikat bilan taqdirlandi
  • 07.04.2023
  • 281

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 4–6-aprel kunlari AOKAda amerikalik ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha ekspert — Bob Jensen ishtirokida matbuot kotiblari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Uch kun davom etgan trening mashg‘ulotlarida davlat organlari va idoralari, shuningdek, mahalliy hokimiyatlar axborot xizmatlari rahbarlari kutilmagan inqirozli vaziyatlarda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan kommunikatsion munosabatlarni o‘rnatish, aholiga birinchilardan bo‘lib tezkor va asosli xabarni yetkazish, dezinformatsiya va feyk axborotlar bilan ishlash hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

Seminar-treningda faol va muvaffaqiyatli ishtiroki uchun matbuot kotiblari, jumladan «O‘zbekiston MET» AJ matbuot kotibi U.P.Urunov ham maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

 

 

 

Ceminar-trening o‘z yakuniga yetdi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>