Yangiliklar
2023-yil yanvar-mart oylarida elekr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish ko‘rsatkichlari
  • 06.04.2023
  • 269

Ushbu davr davomida respublikamizda 20,1 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 421,5 mln kVt•soatga yoki 2,1 foizga ko‘pni tashkil qiladi.

Shuningdek respublika iste’molchilariga 16,7 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd kVt•soatga yoki 8,5 foizga ko‘pni tashkil qiladi.*

*tezkor ma’lumot

▶️ @minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7638

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>