Yangiliklar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan shahslar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi
  • 01.04.2023
  • 253

#2023_yil_1_apreldan

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:

♦ ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘ini;

♦ qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini;

♦ yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini.

 

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot/13488

             https://t.me/minenergy_uz/7603

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>