Yangiliklar
«JIZZAX» PODSTANSIYASIDA YANGI RUSUMDAGI ELEKTR USKUNALARI O‘RNATILDI
  • 06.06.2020
  • 735

  «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tassarrufidagi 220/110/10 kV li «Jizzax» podstansiyasiga tutash 10 kV li «Tinchlik» havo tarmog‘ida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida podstansiyada texnik nosozlik yuzaga kelgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, 10 kV K-47 rusumli elektr uskunasining o‘tish izolyatorlari elektrodinamik kuch ta'sirida yorilgan, qisqa tutashuv ta'sirida rele himoyasi shkaflari yaroqsiz holga kelgan.

  Jizzaxlik energetiklar tomonidan elektr uskunalari to‘liq demontaj qilinib, o‘rniga yangi, 10 kV li zamonaviy K-59 rusumidagi elektr uskunasi o‘rnatildi va elektr ta'minoti ishonchliligi oshirildi.
 
  Ma'lumot o‘rnida: aksariyat hollarda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi nosozliklar bartaraf etilishi uchun iste'molchilar tarmoqdan uzilishi talab etilmaydi, avtomatik tarzda zaxira tarmoqlarga qo‘shimcha yuklama berilishi natijasida ta'minot jarayoni uzluksiz ravishda davom ettiriladi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>