Qiziqarli xabarlar
Uch daqiqada quvvatlanadigan va 10 000 siklga bardosh beradigan batareya taqdim etildi
  • 24.03.2023
  • 308

Adden Energy startapi elektr transport vositalari uchun 10 000 siklga bardosh beruvchi uch daqiqada quvvat oladigan batareyalarni taqdim etdi. Endi ishlab chiqish guruhi batareyalarni ommaviy ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqda.

Bundan tashqari, batareya yuqori energiya zichligi va material barqarorligiga ham ega.

Laboratoriya sinovlarida 5 000 - 10 000 quvvat sikliga erishildi. Bu hozirgi kundagi holatga nisbatan 2 000 dan 3 000 martagacha yaxshi. Ushbu startap sanoatga inqilobiy texnologiya olib kelishi mumkin.

#buqiziq

Manba: https://t.me/clearenergy/1895

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>