Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «“Elektraset” xodimlari yashash tarzi, ish faoliyati o‘rganilib, qonuniy chora ko‘rilsin. Ogohlantirishlarsiz jarimamni sudga oshirdi. Qonuniy yordam berishingizni so‘rayman!»
  • 23.03.2023
  • 161

Murojaat egasi: Amonov Baxtiyor Qo‘ldoshevich, “Nurota ETKA” AJ.

Elektron pochta: nurota@xayrobod.qishloq

Murojaat mazmuni: Menga “noqonuniy ulanish” deb jarima qo‘llashdi. “Nurota ETK” AJ tomonidan 2023-yil 2-mart sanasida chiqdi. Bu ishim uchun uzr so‘rayman. Menga 14.407.800 so‘m jarima qo‘llashdi. 6 oyni 24 soatga ko‘paytirib qo‘llashdi. Lekin 525-transformator 3 oy davomida ishlamagan. Bir nechta murojaatlar bilan aholi nomidan, zo‘rg‘a xalq qabulxonasi yordamida ishladi. Dekabr oyining oxirida ishladi. “Elektraset” xodimlari yashash tarzi, ish faoliyati o‘rganilib, qonuniy chora ko‘rilsin. Yana meni ogohlantirishlarsiz 3 kun ichida jarimamni sudga oshirdi. Menga qonuniy yordam berishingizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Baxtiyor Qo‘ldoshevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/18701          

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Maʼlumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>