Yangiliklar
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI YAKUNLANIB, JORIY TA'MIR ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
  • 04.06.2020
  • 709

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan joriy yilning 6–28-may kunlari Aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan 500 kVli «Surxon» podstansiyasidagi 220 kVli havoli o‘chirgichlar xo‘jalik usulida mukammal ta'mirlandi.

  Bundan tashqari, yuqori kuchlanish tarmoqlar xizmati xodimlari tomonidan uzunligi 77,2 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishi havo liniyalari, uzunligi 56,6 km 500 kV li havo tarmoqlarida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

  Agar joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha qilingan ishlashni umumlashtirib, raqamlarda aks ettiradigan bo‘lsak, 10 dona kuch transformatori, 11 dona 110 kVli yog‘li o‘chirgich va 284,48 km 220–500 kVli elektr uzatish liniyalarida joriy ta'mirlash ishlari bajarildi. Shu bilan birga, 1584 kilometr uzunlikka ega 220-500 kVli havo tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazilib, texnik-muhandislik ish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

  Yuqori kuchlanishi elektr uzatish liniyalari ostidagi turli nosozliklar va yong‘in chiqarishi mumkin bo‘lgan daraxt shox-shabbalarini tozalash ishi rejaga muvofiq 14,5 kilometr masofada amalga oshirilishi nazarda tutilgan edi. Shu kungacha 14,9 kilometr turli hududlardan o‘tuvchi elektr tarmoqlari ostidagi himoya zonalari daraxt shox-shabbalaridan tozalandi va bu ish jarayoni hozirda yakunlanish arafasida.

 

 

  Elektr ta'minotining ishonchliligini oshirishda yuqori kuchlanishli havo tarmoqlarining izolyatorlari muhim ahamiyatga kasb etadi. Rejaga muvofiq 220–500 kVli havo tarmoqlaridagi 320 dona nuqsonli izolyatorlarni almashtirish rejalashtirilgan edi. Ish jarayonida ma'lum bo‘ldiki, havo tarmoqlaridagi ko‘pgina izolyatorlar o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan va nosoz holga kelgan. Shu bois, amalda 868 dona izolyatorlar almashtirildi. Shuningdek, 220–500 kVli elektr uzatish liniyalarida 5 dona qushlar in qo‘yishiga qarshi maxsus to‘siq uskunalari o‘rnatildi.

 

 

  Yuqorida qayd qilingan kapital ta'mirlash ishlari elektr energetika tizimida nazorat — «O‘zenergoinspeksiya» Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi mutaxassislari nazoratidan so‘ng tegishli tartibda qayd etib borilmoqda.

 

 

  Bir so‘z bilan aytganda, yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi surxondaryolik energetiklar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan qo‘yilgan ish rejalarini o‘z vaqtida bajarmoqdalar. Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodovning 2020-yil 28-may sanasidagi XB-103-sonli Yoz mavsumida elektr qurilmalarining mustahkam va ishonchli ishlashini ta'minlash bo‘yicha topshirig‘i «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha yuqori kuchlanishli podstansiyalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>