Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Mahallamizning bog‘cha va maktab joylashgan qismidagi transformator ochiqligi sababli 7 yoshli bolani tok urdi, hozir shifoxonada... Bunga qay bir masʼul tashkilot javob bera oladi?!»
  • 10.03.2023
  • 192

Murojaat egasi: Nabiyeva, Qashqadaryo viloyati.

Elektron pochta: znabiyeva73@gmail.com

 Murojaat mazmuni: Sizga Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Navro‘z qo‘rg‘oni, “Mevazor” MFY tomonidan murojaat qilyapmiz. Mahallamizning bog‘cha va maktab joylashgan qismida transformator bor. Yaqinda shu transformator ochiqligi sababli 7 yoshli bolani tok urdi. Hozirda bola shifoxonada. Bolaning qo‘llari hozircha hech narsani sezmayapti. Sizlarga murojaatim shuki, bormi tirik jon?! Davlat tomonidan necha million-milliard so‘mlar ajratiladi, aslida bu transformatorlar qanday holatda bo‘lishi kerak? Nahotki davlatning pulini yeb to‘ymadinglar?! Bola bu ahvolga tushushiga endi qay bir masʼul tashkilot javob bera oladi?! Kim qaraydi bu transformatorlarga, yoki yana kimdir talafot ko‘rishini kutasizlarmi?!

 Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Nabiyeva, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

  Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/18212         

 “Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

 

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 

Maʼlumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>