Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) Elektr energiyasining xususiy ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash boʻlimi yetakchi mutaxasis lavozimiga tanlov eʻlon qilinadi.
Lavozim vazifalari:
► Xususiy elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash, oʻzaro tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishini taʻminlash va hisobotlarni yuritish;
► Sohaga xususiy investorlarni jalb etish, muzokaralarda ishtirok etish;
► Xususiy investorlar tomonidan quriladigan elektr stansiyalar boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolarini kuzatish, gʻolib kompaniyalar bilan shartnoma tuzishga kirishish;
► Xususiy investorlar tomonidan qurilayotgan loyihalar boʻyicha monitoring olib borish, Jamiyat zimmasiga olingan vazifalarni bajarilishini taʻminlash.
Kerakli koʻnikmalar va malakalar:
♦ Energetika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
♦ Elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonini puxta bilish;
♦ Ingliz tilini mukammal bilish;
♦ Oliy maʻlumotga ega boʻlish.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Youtube ‖
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati