Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi hamda mutaxassislari Markaziy Osiyo energetika investitsiyalari va savdo forumida ishtirok etishmoqda
  • 03.03.2023
  • 262

Yodingizda bo‘lsa, joriy yilning 22-fevral kuni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.Isaqulov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida energetika bo‘yicha amaliyotining missiya rahbari Sudeshna Gosh Banerdji xonim boshchiligidagi mutaxassislar bilan ishchi tartibdagi muhokamalar uchrashuvini o‘tkazgan edi.

 https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17797

Ishchi tartibdagi uchrashuvda mutaxassislar energiya tanqisligining potensial taʼsirini yumshatish, Jahon banki loyihalarining rasmiy hujjatlari, shuningdek, Londonda bo‘lib o‘tishi kutilgan Markaziy Osiyo energetika investitsiyalari va savdo forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama etishgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ko‘rsatmasiga binoan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.Isaqulov hamda Investitsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Yunusxo‘jayev ayni kunlarda London shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo energetika investitsiyalari va savdo forumida ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo energetika investitsiyalari va savdo forumida O‘zbekistondan turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>