Yangiliklar
Qoraqalpog‘istonlik yosh energetiklar «Men donorman» aksiyasida faol ishtirok etishdi
  • 28.02.2023
  • 262

«Qoraqalpog‘iston MET» filiali Kasaba uyushmasining qo‘llab-quvvatlashi, Filial Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolarining tashabbusi bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish markazida tashkil etilgan «Men donorman» aksiyasida «Qoraqalpog‘iston MET» filialining bir qator ko‘ngilli ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Shoir Ibroyim Yusupov aytkanidek:

Nafsin tiyib, non berar,
Tomiridan qon berar,
Kerak bo‘lsa, jon berar –
Bir odamga bir odam.

Eslatib o‘tamiz, magistral elektr tarmoqlari filiali xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 9-avgustdagi PQ–348-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining rasmiy xati va «O‘zbekiston MET» AJning xabarnomasiga asosan «Men donorman» aksiyasida ishtirok etishdi.

❗️ Unutmang, sizning qoningiz kimningdir umrini saqlab qolishi mumkin!

✍️ «Qoraqalpog‘iston MET» filiali
Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

Veb-sahifaFacebookYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>