Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati xodimlari navbatdagi xalqaro sertifikatlar sohibi bo‘lishdi
  • 27.02.2023
  • 348

2023-yilning 27-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston energetika tizimida yetakchilardan bo‘lib ISO 50001:2015 — “Energiya menejmenti tizimi” energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha, ISO 45001:2018 — “Mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlikni boshqarish, kasbga oid salomatlik va ishchilar xavfsizligini taʼminlash" bo‘yicha hamda ISO 14001:2018 — “Atrof-muhitni boshqarish” ekologik menejment tizimi bo‘yicha xalqaro standart sertifikatlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lganligi bois xalqaro sertifikatni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda SERT International s.r.o sertifikatsiya organi O‘zbekistondagi vakili Xabibulin Marat Ramilyevich “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va uning tizimidagi barcha xodimlarni ulkan yutuq — ISO xalqaro sertifikatlarini olgani bilan tabrikladi. Sertifikat jamiyat faoliyatining energiya menejmenti, mehnat muhofazasi, ekologik boshqarish tizimlari standartlariga mos ravishda ish yuritganligini hamda jamiyatda ushbu tizim talablaridan kelib chiqib jarayonni davom ettirish kerakligini alohida eʼtirof etdi. Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati bilan shu kabi sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Tadbirda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov xodimlarga xalqaro standart talablariga mos ravishda hamjihatlikda ish yuritish, tashkilot faoliyati uchun barcha kuch-salohiyatlarini safarbar etib, kasbiy mahoratlarini ishga solishlarini tiladi, xalqaro toifadagi sertifikatga munosib topilgani bilan qutladi.

SERT International s.r.o ning O‘zbekistondagi vakili Aksiyadorlik jamiyatini qo‘lga kiritilgan xalqaro sertifikatlar bilan qutlagan holda, O‘zbekiston Respublikasidagi energetika tizimidagi tashkilotlar ichida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yetakchilardan biri ekanini alohida eʼtirof etdi.

Shu bilan birga, SERT Academy xalqaro sertifikatlash organi bilan hamkorlikda Jamiyat boshqaruv aʼzolari hamda boshqa tegishli boshqarmalar xodimlaridan iborat 31 nafar o‘z ishining mutaxassislari o‘quv kurslarida tashkil etildi, malaka oshirildi va ijobiy natijalar ko‘rsatib ISO 9001:2015 sifat sertifikati, ISO 14001:2015 “Energiya menejmenti tizimi”, ISO 45001:2018 “Mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlikni boshqarish” ISO 50001:2018 Ekologik menejment sertifikatlarini olishga muvaffaq bo‘lishdi va tadbirda taqdirlanishdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu sertifikatlar Jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Masalan, ISO 50001:2015 “Energiya menejmenti tizimi” energiya samaradorligini oshirish, energiyani tejash, operatsion xarajatlarni kamaytirish borasida. Bunda energiya isteʼmoli, energiya sarfini optimallashtirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga eʼtiborni qaratish zarurligi belgilanadi.

ISO 45001:2018 esa “Mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlikni boshqarish”, yaʼni ish joyidagi xavfsizlik muammolarini minimallashtirish, ushbu xavflarni bartaraf etish borasida. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, Jamiyat duch keladigan xavflarni boshqarish bo‘yicha yuridik majburiyatlar, qonuniy normalarga amal qilish, ishchilar xavfsizligini taʼminlashni boshqarish muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

ISO 14001:2015 xalqaro standart sertifikati, tabiiy resurslardan foydalanishida tuproq, suv va havoga yetkazilgan zararni minimallashtirish, atrof-muhit ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, atrof-muhit omillariga tegishli qonun hujjatlarini va qonunlarda belgilangan shartlarga rioya qilish, shuningdek, atrof-muhit resurslaridan oqilona foydalanishni nazarda tutadi.

 Jamiyat ushbu standartlarni joriy etishni 2022-yilning 2-yarmida amalga oshirishni boshlagan, bunda standartni joriy etish hamda ishlarni amalga oshirish komissiyasi tashkil etildi hamda xalqaro standartlar asosida Aksiyadorlik jamiyatida 10 dan ziyod ichki hujjatlar qabul qilindi, 2022-yilning so‘nggida 1-bosqich tekshiruv auditi o‘tkazildi. Ikkinchi bosqichda, jamiyatda standart talablariga javob berish bo‘yicha yakuniy audit tekshiruvi 2022-yilning 4-yarmida amalga oshirildi.

“SERT International” s.r.o xalqaro tashkiloti tomonidan ISO 50001:2015, ISO 45001:2018, ISO 14001:2018 xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlash bo‘yicha o‘tkazilgan audit natijasi bo‘yicha xalqaro standartga muvofiqlik sertifikati berilgani qayd etildi.

 

✍️  Nigora Abdullayeva, Muvofiqlik tizimi “komplayns” xizmati boshlig‘i

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>