Yangiliklar
Yosh energetiklar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirishdi
  • 24.02.2023
  • 275

Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirish borasida Aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida navbatdagi sayohat tadbiri tashkil etildi.

⚡️ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni har jihatdan yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash hamda milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkilotimiz yoshlari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Sayohat tadbiri doirasida yoshlar yurtimiz tarixi, Vatanimiz sarhadlarida topilgan tarixiy ashyolar, qadimgi manzilgohlar, bundan tashqari, mustaqillik davrida amalga oshirilgan tarixiy o‘zgarishlar bilan tanishdilar.

 ✍️ Azizbek Botirov, «O‘zbekiston MET» AJ Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi

Veb-sahifaFacebookInstagramYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>