Yangiliklar
O‘zbekiston va Tojikiston energetiklari xalqaro muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi ishtirokida muhokamalar uchrashuvini o‘tkazishdi
  • 23.02.2023
  • 316

Bugun, 2023-yilning 23-fevral kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda mas'ul xodimlari Tojikiston Respublikasi “Barki tochik” OAJ mutaxassislaridan iborat delegatsiya a'zolari bilan muhokamalar uchrashuvini o‘tkazdi. Ishchi tartibdagi yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK hamda “Energiya” muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mutaxassislar “Tojikiston va Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimi parallel ishini tiklash” loyihasi, bundan tashqari, 2023-yil melioratsiya mavsumidagi hamkorlik, 2022/2023-yil kuz-qish mavsumida mintaqa miqyosida yuzaga kelgan energiya taqchilligi, 2023-yil yoz mavsumida elektr energiyaga bo‘lgan talabning keskin oshishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar, 2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga lozim tayyorgarlik ko‘rish va boshqa kun tartibidagi masalalarni muhokama etishdi.

Ayni paytda muhokamalar uchrashuvi davom etmoqda. Batafsil ma'lumotlar Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi ma'lumotnomasiga tayangan holda e'lon qilinadi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>