Yangiliklar
2022-yil SARHISOBI. 6-sonli: Kapital qurilish boshqarmasi — loyiha-qidiruv, qurilish-montaj, modernizatsiya va rekonstruksiya, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda yillik va istiqbolli rejalar asosida faoliyat
  • 23.02.2023
  • 385

Maʼlumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘zining bir qator vazifalari amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, tarmoqlarni kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda yillik va istiqbolli rejalar asosida elektr tarmoqlarining qurilish dasturlari ijrosini amalga oshiradi.

Umuman olganda, Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Kapital qurilish boshqarmasi magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, boshqarma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxona va bo‘linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini va, zarur bo‘lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qiladi.

Ushbu amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharlararo norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boriladi.

Boshqarmaga 2019-yil 2-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan loyihalarni tarmoq ekspertizasidan o‘tkazish guvohnomasi taqdim etilgan. Misol uchun, Kapital qurilish boshqarmasi tomonidan 2022-yil yakuniga qadar quyidagi loyihalarga tarmoq ekspertiza xulosasi berildi:

♦ Jizzax viloyati, Zarbdor tumanidagi 110/10/10 kV kuchlanishli “DNS-2” podstansiyasini 220/110/10 kVga o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish;

♦ “Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihasi doirasida 500 va 220 kV havo tarmoqlariga ulash loyihasi;

♦ Mavjud 220 kVli “L-Yu-K” havo elektr uzatish tarmog‘i yerusti metrosining “Qo‘yliq” va “Qipchoq” stansiyalari oralig‘ida kesishgan qismini rekonstruksiya qilish;

♦ Samarqand viloyatidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Samarqand” podstansiyasidagi “T-1A” zaxira avtotransformatori yacheykasini rekonstruksiya qilish;

♦ “220 kV “Beruniy” podstansiyasida 125 MVA quvvatli AT-2–200 — ikkinchi avtotransformatorni o‘rnatish va qurilish”;

♦ Navoiy viloyati, Tomdi tumanidagi “Gornaya” podstansiyasini rekonstruksiya qilish va T-3 transformatorini o‘rnatish loyihasi;

♦ “Urgut” erkin iitisodiy zonasining “Mergancha” hamda “Sariqtepa” mavzelarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Urgut tumanidan o‘tuvchi 220 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘idan alohida tarmoq chiqargan holda quvvati 2x125 MVA podstansiya qurish loyihasi;

♦ Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi 220/35/6 kVli “A” podstansiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi;

♦ “Qashqadaryo viloyatidagi 220/110/10 kVli “Amir Temur” podstansiyasida 125 MVA quvvatli T–2 avtotransformatorini o‘rnatish” (II bosqich) loyihasi;

♦ Jizzax viloyati, Zarbdor tumanidagi 110/10/10 kV kuchlanishli “DNS-2” podstansiyasini 220/110/10 kVga o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish (V-bosqich) loyihasi;

♦ “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida “Sherobod” podstansiyasidagi 63 MVA quvvatli transformatorni va 250 MVA quvvatli kuch avtotransformatoriga almashtirish loyihasi;

♦ “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida “Qarshi” podstansiyasida yuqori kuchlanishli uskunalarni almashtirish loyihasi.

 

“O‘zbekiston MET” AJ respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda. Xususan, 2022-yilda investitsiya loyihalari doirasida 10 podstansiyalarda jami 1241 MVA qo‘shimcha elektr oqimining o‘tkazuvchanlik quvvati yaratildi.

Jumladan:

Toshkent shahri – 436 megavolt•amper         

“Traktrsoz” podstansiyasida 125 MVA;

“Yuksak” podstansiyasida 138 MVA;

“Ozodlik” podstansiyasida 200 MVA.

Samarqand viloyati – 216 megavolt•amper

“Cho‘ponota” podstansiyasida 216 MVA.

Surxondaryo viloyatida – 187 megavolt•amper

“Sherobod” podstansiyasida 187 MVA.

Jizzax viloyatida – 125 megavolt•amper

“DNS-2” podstansiyasida 125 MVA.

Navoiy viloyatida – 63 megavolt•amper

“Gornaya” podstansiyasida 63 MVA.

Buxoro viloyatida – 62 megavolt•amper

“Quyumozor” podstansiyasida 62 MVA.

Qashqadaryo viloyatida – 125 megavolt•amper

“Amir Temur” podstansiyasida 125 MVA.

 

Shuningdek, 2022-yil davomida mavjud yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlariga yana uzunligi 125 km bo‘lgan magistral elektr tarmoqlari qurib ulandi.

Jumladan:

♦ Uzunligi 45 km bo‘lgan “Sug‘diyona” va “Cho‘ponota” podstansiyalari oralig‘ida 220 kVli havo tarmog‘ini qurish” loyihasi;

♦ Uzunligi 58 km bo‘lgan 220 kV “Amir Temur” podstansiyasini “G‘uzor” podstansiyasidan 220 kV havo liniyasi bilan qurish” loyihasi;

♦ 220 kVli “Sirg‘ali” podstansiyasiga “kirish-chiqish” bo‘lgan uzunligi 22 km bo‘lgan 110 kV L-19-D havo tarmog‘ini qurish” loyihasi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ–72-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar doirasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 112,45 mln AQSH dollari o‘zlashtirildi, yaʼni shu mablag‘lar miqdoridagi ishlar bajarildi. Bajarilgan ishlar rejaga nisbatan 125,22%ni tashkil etdi. Shundan, davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘laridan 64,425 mln AQSH dollari — rejaga nisbatan 100,0%, “O‘zbekiston MET” AJ o‘z mablag‘laridan 45,712 mln AQSH dollari — rejaga nisbatan 180%, shu bilan birga, budjet ssuda mablag‘lari hisobidan 2,314 mln AQSH dollarga bajarildi.

 

 “O‘zbekiston MET” AJ Kapital qurilish boshqarmasi, Magistral elektr tarmoqlari filiallardagi Kapital qurilish bo‘limlari bilan birgalikda, 2022-yilda asosiy fond qiymati 863,948 mlrd so‘mlik bo‘lgan loyihalar yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Jumladan:

♦ “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi  – 472,518 mlrd. so‘m;

♦ Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Tutli qishlog‘idagi quyosh fotoelektrstansiyasining tashqi obyektlarini qurish (220 kV kirish-chiqish havo elektr tarmog‘ini, kirish yo‘li, to‘siq va boshqalar) – 5,922 mlrd. so‘m;

♦ “Janubiy-G‘arbiy magistral elektr tarmoqlarining eskirgan jihozlarini almashtirish va modernizatsiyalashtirish” loyihasi –  3,724 mlrd. so‘m;

♦ “Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining tashqi obyektlarini elektr taʼminoti bilan taʼminlashda tayanch podstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi – 8,328 mlrd. so‘m;

♦ “500 kV Surxon–Puli-Xumri (Xo‘ja-Alvon) elektr tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida 500 kVli “Surxon” podstansiyasidagi ochiq taqsimlovchi qurilmani kengaytirish” investitsiya loyihasi – 13,828 mlrd. so‘m;

♦ “220 kV “Beruniy” podstansiyada 125 MVA quvvatli AT-2–200 ikkinchi avtotransformatorni o‘rnatish va qurilish” investitsiya loyihasi –  2,237 mlrd. so‘m;

♦ “220 kV “Taxiatosh IES”dan “Xorazm” podstansiyasi orqali  Sarimoy aholi yashash punkti (Xorazm viloyati) oralig‘ida elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi – 113,648 mlrd. so‘m;

♦ “Xorazm viloyatida “Hidro Energi F.S.” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan, quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishi doirasida “Xorazm” podstansiya kengaytirish uchun 2 dona 110 kVli yacheyka o‘rnatish” loyihasi – 1,538 mlrd. so‘m;

♦ Buxoro viloyatida qurilayotgan quvvati 270 MVt bo‘lgan IES uchun 220 kV kuchlanishdagi havo tarmog‘ini qurish – 18,218 mlrd. so‘m;

♦ “Samarqand–Buxoro temiryo‘l liniyasini elektrlashtirish va tezyurar passajir poyezdi harakatini tashkillashtirish”loyihasi  – 32,214 mlrd. so‘m;

♦ Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “DNS-2” podstansiyasini 220/110/10 kV kuchlanishga o‘tkazish loyihasi – 64,476 mlrd. so‘m.

♦ 220 kV kuchlanishli «Amir Temur» podstansiyasini “G‘uzor” podstansiyasidan chiquvchi 220 kV kuchlanishli havo liniyasi bilan qurish loyihasi – 41,305 mlrd. so‘m;

♦ “O‘zbekiston MET” AJ uchun Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy manzilida kamida yetti qavatli ishlab chiqarish dispetcherlik korpusi qurilishi loyihasi – 63,512 mlrd. so‘m;

♦ NKMKdan o‘tkazilgan podstansiyalarni modernizatsiya  va rekonstruksiya qilish loyihasi – 15,852 mlrd.so‘m;

♦ “Navoiy IES” AJ dan “Ximiya” podstansiyasi oralig‘ida 220 kVli havo tarmog‘ini kurish – 6,627 mlrd.so‘m.

Kapital qurilish boshqarmasi jamoasi tomonidan 2022-yilda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan barcha kuch va resurslar safarbar etildi.

 

✍️ Kapital qurilish boshqarmasi jamoasi

 

 

 

 

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>