Yangiliklar
Online: Ayni paytda Jahon bankining energetika bo‘yicha mutaxasssislari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
  • 22.02.2023
  • 221

Ushbu daqiqalarda Jahon bankining yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida energetika bo‘yicha amaliyotining missiya rahbari Sudeshna Gosh Banerdji xonim boshchiligidagi mutaxassislar bilan ishchi tartibdagi muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️ Xorijiy hamkorlarni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi kutib olishdi.

Uchrashuvda energiya tanqisligining potensial ta'sirini yumshatish, Jahon banki loyihalarining rasmiy hujjatlari, Londonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Markaziy Osiyo energetika investitsiyalari va savdo forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama etilmoqda.

⇒ Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentning PQ–113-sonli qaroriga ko‘ra, Respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish, uning ishonchliligi va xavfsizligini oshirish yuzasidan bir qator vazifalar ijrosi yuklatilgan edi.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>