OAV va jamoatchilik bilan ishlash
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri “Huawei” kompaniyasining bosh ofisida bo‘ldi
  • 17.02.2023
  • 256

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Xitoyning Shenjen shahridagi “Huawei” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurdi, shuningdek, kompaniyaning quyosh elektr stansiyalari uchun inverter va akkumulyator ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishdi.

2023-yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, viloyat hokimliklari, tizim tashkilotlari va sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion yechimlar bilan tanishish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning muvaffaqiyatli namunalarini o‘rganish va tajriba almashish maqsadida Shenchjendagi “Huawei” shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi.
 

 


Tashrif doirasida delegatsiya uchun “Huawei” ko‘rgazmalar markazi, shuningdek, turli maqsadlardagi quyosh elektr stansiyalari uchun invertorlar va qayta zaryadlanuvchi akkumulatorlar ishlab chiqaruvchi “Huawei Digital Power” ishlab chiqarish quvvatlari bo‘limi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
 

 


“Huawei kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida hamkorlar bilan birgalikda yirik sanoat elektr stansiyalari, savdo va sanoat tarmoqlari, shuningdek, mahalliy quyosh elektr stansiyalari uchun fotoelekt texnologiyalar va energiya saqlash loyihalarini tadbiq qilishda ishtirok etish va ularni amalga oshirish tajribasiga ega. Bugun biz delegatsiya vakillariga “Huawei Digital Power” tajribasini vizual tarzda taqdim etish va mamlakat rahbariyatining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish bo‘yicha qat’iy siyosatini inobatga olgan holda yashil energiyaga  tezroq o‘tish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarni muhokama qilish imkoniga egamiz ”,– dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.
 

 


Kompaniyaning energetika sohasida raqamli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha jahon tajribasi bilan tanishish doirasida Energetika vaziri “Huawei Global Energetika biznes bo‘limi Prezidenti Janob Sun Fuyu bilan uchrashuv o‘tkazdi va O‘zbekiston Respublikasida raqamli va energetika texnologiyalari integratsiyasini oshirish, ekotizim ishtirokchilari va tadbirkorlar uchun “yashil” energiyani ishlab chiqarish, joriy etish va rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, energetika sohasini rivojlantirish va quyosh energiyasi hisobiga yirik korxonalarni elektrlashtirish, O‘zbekistonda uglerod neytralligiga erishish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
 

 


“Huawei Digital Power” kompaniyasi asosiy e’tiborni raqamli energetikani rivojlantirishga qaratadi. 2021-yilda mijozlar “Huawei Digital Power” takliflari asosida 482,9 milliard kVt-soat yashil energiya ishlab chiqardi, bu esa 14,2 milliard kVt-soat elektr energiyasini tejash va SO2 emissiyasini 230 million tonnaga qisqartirish imkonini berdi, bu 320 million daraxt ekishga teng. 2022-yil sentabr oyida O‘zbekistondagi “Huawei” kompaniyasi va Energetika vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan, shuningdek, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 
 

 

 

 

 

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2603

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>