Yangiliklar
2022-yil SARHISOBI. 5-sonli: Ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etildi
  • 16.02.2023
  • 397

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z tasarrufiga 18 ta boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarini birlashtirgan bo‘lib, jami 4332 nafar kasaba uyushma a'zolariga ega. Shundan 737 nafar xotin-qizlar va 771 nafar yoshlar boshlang‘ich tashkilotlar a'zolaridir.

 

 

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini 2019-yil 17-sentabrdan boshlagan va tasarrufiga Jamiyat tarkibidagi filiallarning boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini birlashtiradi.

«O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonun, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda tarmoq kasaba uyushmalari Ustavlariga muvofiq olib boradi.

►2022-yilda Aksiyadorlik jamiyati xodimlaru uchun muhim bo‘lgan 2 ta lokal normativ hujjat imzolandi:

♦ 2022-yil 24-avgustda «O‘zbekiston MET» AJ hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida Tarmoq (Tarif) Kelishuvi imzolandi. Tarmoq kelishuvi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yil 24-avgustda 70-5-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi;

♦ 2022-yil 2-dekabrda «O‘zbekiston MET» AJ hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi imzolandi. Jamoa shartnomasi O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 2022-yil 12-dekabrda 251-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

⚡️ 2022-yilda Birlashgan kasaba uyushmasi xizmatidagi 18 ta filiallarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari o‘z ish rejalariga muvofiq samarali mehnat faoliyati olib bordilar. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” topshirig‘ini ijrosi ta'minlandi, jumladan:

Vatanga muhabbat, vatanparvarlik hislarini shakllantirish maqsadida Respublikamizning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor qadamjolari — Buxoro shahriga jami 106 nafar xodimlar va oila a'zolari olib borildi (“Toshkent MET”, “Farg‘ona MET”, “Surxondaryo MET” filiallari);

Samarqand shahriga 75 nafar xodimlar va oila a'zolari olib borildi (“Toshkent shahar MET”, “Namangan MET”, “Magistraltarmoqqurilish” filiallari);

Xiva shahriga 105 nafar xodimlar va oila a'zolari olib borildi (“Qashqadaryo MET” filiali hamda Markaziy boshqaruv apparati xodimlari);

Chimyon tog‘ zonasi ekoturizmiga 104 nafar xodimlar va ularning oila a'zolari olib borildi (“Toshkent tibbiy-sanitariya” qismi, Markaziy boshqaruv apparati xodimlari);

Zomin dam olish maskani ekoturizmiga 50 nafar xodimlar va ularning oila a'zolari olib borildi (“Toshkent tibbiy-sanitariya” qismi);

Toshkent dengizi ekoturizmiga 30 nafar xodimlar va ularning oila a'zolari olib borildi (“Energo IT” filiali);

Quyosh instituti ekoturizmiga 46 nafar xodimlar va ularning oila a'zolari olib borildi ((“Energo IT” filiali).

Bayramlar munosabati bilan jamoalarda bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Barcha filiallar va tarkibiy bo‘linmalarda 8 mart, Navro‘z, Xotira va qadrlash kuni, Shifokorlar bayrami, Yangi yil bayramlariga dasturxonlar tuzaldi. Bu tadbirlarga energetika tizimi rivojiga samarali mehnatini qo‘shgan Energetika faxriylari taklif qilindi. 8 dekabr — Konstitutsiya kuni bayrami arafasida “Energetika faxriysi” unvoniga sazovor bo‘lgan xodimlarga, Faxriy yorliqlar va Tashakkurnoma olgan xodimlarga unvonlar va guldastalar takdim etilishi uyushtirildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

Xodimlarning yubiley sanalari, pensiyaga chiqishi va tug‘ilgan kunlari munosabati bilan, ularga qimmatbaho sovg‘alar, zarchopon, esdalik papkalari va guldastalar topshirilishi uyushtirildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni va 8 mart —Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jamiyat xodimlariga va xotin-qizlariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi (“Toshkent MET”, “Energo IT” filiallari hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

Xo‘jalik hisobidan 1% mehnatga haq to‘lash fondidan Yangi yil bayrami munosabati bilan jamiyat xodimlarining 4564 nafar farzandlariga yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.

Yangi yil bayrami tomoshalariga, bolalar o‘yin maydonchalariga chiptalar xarid qilindi va bepul tarqatildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

Bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida 142 nafar bolalar sog‘liklarini tiklashdi (Markaziy boshqaruv apparati, “Toshkent MET”, “Toshkent shahar MET”, “Energo-IT”, “Magistraltarmoqqurilish”, “Toshkent tibbiy-sanitariya” qismi, “Qashqadaryo MET”, “Surxondaryo MET”, “Navoiy MET” filiallari).

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

Yangi yil bayrami arafasida xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi (“Sirdaryo MET”, “Qoraqalpoq MET”, “Buxoro MET”, “Jizzax MET” filiallarida).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimligining rasmiy murojaatiga ko‘ra Yangi yil bayrami arafasida tumandagi 38 nafar kam ta'minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi (un, moy, go‘sht, shakar, tuxum, bolalar yangi yil sovg‘asi).

 

 

Konsert, teatrlarga chiptalar xarid qilindi va xodimlarga bepul tarqatildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

1-sentabr o‘quv yili boshlanishi arafasida 2 va undan ortiq maktab yoshidagi o‘quvchi farzandi bo‘lgan xodimlarning farzandlariga o‘quv-qurollari xarid qilindi (“Sirdaryo MET”, “Farg‘ona MET” filiali).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF–6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi filiallarning barcha kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol va minifutbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqa g‘oliblariga va ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Jamiyat rahbariyati bilan kelishilgan holda ish vaqti ichida xodimlarni 30 minut davomida ishlab-chiqarish gimnastikasi bilan shug‘ullanishlari tashkil etildi.

Xodimlar va ularning oila a'zolarini sog‘lomlashtirish uchun basseynlarga abonement chiptalari tarqatildi. Xodimlar futbol bilan shug‘ullanishlari uchun futbol maydonlari arendasi mablag‘lari to‘lab berildi, sport inventarlari xarid qilindi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

Xodimlar va ularning oila a'zolarini sog‘liklarini tiklash ishlariga ham alohida e'tibor qaratildi. 2021-yil davomida Farg‘ona viloyatidagi «Nurafshon» sihatgohida 424 dan ziyod xodimlar va ularning oila a'zolari, energetika faxriylari sog‘liklarini tiklashdi.

Bo‘stonliq tog‘ zonasida joylashgan “Ugam” dam olish maskanida 5 nafar xodimlar va oila a'zolari xordiq olishlari ta'minlandi (Markaziy boshqaruv apparatida).

Xodimlar va ularning oila a'zolariga 10 foiz kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan Respublikadagi «Turon», «Xumson», «Zomin», «Oqtosh», «Chortoq», «Botanika» va «Chinobod» sihatgohlari hamda «Chorvoq oromgohi», «Navro‘z», «Kumishkon» dam olish uylariga 83 ta imtiyozli (45 foiz) yo‘llanmalar olingan va xodimlar hamda ularning oila a'zolariga berilgan.

Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan 35 nafar xodim sanatoriyalarga imtiyozli 45 foiz narxda yuborildi. 4 ta yo‘llanma 4 nafar baynalminalchi jangchi bo‘lgan xodimlarga va Jamiyatda ko‘p yillardan buyon ishlayotgan xodimlarga bepul berildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

Respublikaning ommaviy axborot vositalari gazeta va jurnallarga 2023-yil uchun «Ishonch», «Ishonch — Doverie», «Darakchi» va boshqa gazetalarga obunalar tashkil qilindi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

Birlashgan kasaba uyushma qoshida tashkil etilgan Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi bilan hamkorlikda jamiyatdagi ayollarni o‘rni va mavqyeini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi, xususan, “Ona tilim — joni dilim” shiori ostida davlat tili bayramiga bag‘ishlangan she'riyat kunlari o‘tkazildi, milliyligimizni targ‘ib qilishlikka qaratilgan “XON-ATLAS” tadbirlari uyushtirildi. She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud kunlariga bag‘ishlangan adabiyot va kitobxonlik tadbirlari uyushtirildi.

t.me/uzmetaxborotxizmati/15250

Yil davomida Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xotin-qizlarni sport musobaqalarida aktiv ishtirok etishlari va sayohatlarga olib borilishi uyushtirilib borildi. Xususan, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Qaldirg‘och uyasi” dam olish maskaniga 70 nafar xotin-qizlar dam olishga olib borildi.

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan Yoshlar bilan ishlash komissiyasi xam o‘z faoliyatini 2022-yilda ijobiy olib bordi. Xususan, yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, minifutbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Mini futbol bilan shug‘ullanishlari uchun futbol maydonchalari arendaga olib berildi. Basseynlarga abonementlar tarqatildi.

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga ko‘ra Jamiyat mehnat jamoasining jamoa shartnomasini 2021-yilda bajarilishi va 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan yangi Jamoa shartnomasini qabul qilish video-konferensiyasini o‘tkazdi.

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga qo‘mita yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masalalar ”Mexnat muxofazasi va munosib mehnat sharoitlarini yaratish” haqida, “Mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi” to‘g‘risida, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat Dasturini bajarilishini ta'minlash to‘g‘risida”gi masalalar belgilangan vaqtda qo‘mita yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan.

Yil davomida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar bajarilgan.

Yil davomida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yuborilishi lozim bo‘lgan statistik hisobotlar, Yil dasturi bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda topshirilgan.

t.me/uzmetaxborotxizmati/14679

Toshkent shahar kasaba uyushmalari birlashmasi kengashiga topshirilishi lozim bo‘lgan moliyaviy hisobotlar, yo‘llanmalar bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda topshirilgan.

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi buxgalteriyasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga Ustav talablariga asosan yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan 30 foizlik a'zolik badallari mablag‘lari o‘z vaqtida yuborilishi ta'minlangan.

2022-yil davomida jamiyat xodimlaridan, filiallaridan va boshqa tashkilotlardan kelgan turli mavzularni o‘z ichiga olgan murojaatlar Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilib, belgilangan muddatlarda yozma ko‘rinishda, ye-Ijro tizimi asosida, murojaatchilarga ijobiy javoblar berilishi ta'minlandi.

⇒ Batafsil: https://telegra.ph/uzbekistonmetuz-02-16-3

Muxtasar aytganda, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi 2022-yilda ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishda mavjud kuch va imkoniyatlarini ishga solgan holda xizmat qildi va 2023-yilda xuddi shunday vazifa-majburiyatlarini bajarishga tayyor.

✍️ N.Xidirova, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>