Yangiliklar
Andijonlik energetiklar oliygoh talabalariga quyosh panelining ko‘rgazmali stendini yasab berishdi
  • 15.02.2023
  • 179

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali ishchi-xodimlari muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.

Misol uchun, Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmagan holda, filial mutaxassislari talabalarga "5+1" dasturi asosida amaliy mashg‘ulot darslarini o‘tkazishdi. Muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ulardan samarali foydalanish mavzusi bo‘yicha amaliyot darslari o‘tildi.

Shuningdek, Rele himoyasi va elektr sinovi xizmati xodimlari Andijon mashinasozlik institutiga quyosh panelining ko‘rgazmali stendini yasab berishdi.

✍️ «Andijon MET» filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

>